31 iyul kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko Minsk viloyat ijroiya qömitasi raisi Anatoliy Isaçenko bilan uçraşdi. Bu haqda BelTA davlat axborot agentligi xabar bermoqda.

Respublika rahbari mintaqadagi hosilni yiğib oliş holati, göşt-sut kompleksini rivojlantiriş va yöl qurilişi böyiça hisobotni tingladi.

Lukaşenko Isaçenko bilan uçraşib, sönggi bir neça kun içida omma oldida birinçi marta köriniş berdi. 30 iyul kuni «Nezigar» Telegram-kanali va Ukrainaning «Delovaya stolitsa» naşri Belarus prezidentida insult yuz bergani haqida xabar qildi. «Nezigar»ning ta'kidlaşiça, aynan insult va kasalxonaga yotqizilgani sababli Lukaşenka Gomelga taşrifini bekor qilgan.
  
Bundan oldin Telegram-kanal Lukaşenko qandli diabetdan aziyat çekişi va salomatlik bilan boğliq katta muammolarni boşdan keçirayotgani haqida xabar bergandi. «Nezigar» mualliflarining xabar berişiça, Belarus rahbari «sönggi vaqtlarda juda köp uxlamoqda, köp ovqat yemoqda va kuniga 4-5 soat işlamoqda».

Belarus prezidentining matbuot xizmati insult haqidagi xabarlarni «uydirma», deb atadi.