NASA Yupiterning janubiy ekvatorial halqasida sodir bölgan ğayrioddiy qizil böronlar fotosuratini e'lon qildi.
Surat Juno kosmik kemasi yordamida olindi.
Suratda yirik böronga ikkita kiçikroq "böronçalar" hamrohlik qilayotgani aks etgan. Olimlar bu hodisani Quyoş tizimidagi eng yirik atmosfera böroni – Katta qizil doğ bilan çalkaştirmaslik kerakligini ta'kidlaşmoqda.
Haligaça örganilmagan "xromofor" kimyoviy moddasi hisobiga böron "qizil-jigarrang" tusga kiradi.
Juno Yupiterni örganiş uçun 2011 yil 5 avgustda uçirilgan va 2016 yil iyulda sayyora orbitasiga kirgan. Uning yordamida sayyoraning gravitatsion va magnit maydonlari örganiladi hamda Yupiterda qattiq yadro mavjudligi haqidagi taxmin tekşirib köriladi.












