Turkiyada milliy Xavfsizlik kengaşi yiğilişi yakunlari böyiça Anqaraga nisbatan AQŞ tahdidlariga yöl qöyib bölmasligi körsatib berilgan bayonot qabul qilindi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.
«Turkiya ham ikki tomonlama munosabatlar doirasida, ham ittifoqlar doirasida öz zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarişga sodiqdir», - deyiladi Turkiya xavfsizlik kengaşining bayonotida.
Şu bilan birga, bayonot mualliflarining ta'kidlaşiça, öz manfaatlarini himoya qilişga «qat'iy bel boğlaganlar». Ular öz pozitsiyalariga hurmat bilan munosabatni bölişni talab qildilar. Hujjatda, şuningdek, «tahdid tili» AQŞ hukumatining ikki tomonlama munosabatlarga nisbatan hurmatsizligidan darak berişi va «mutlaqo qabul qilinişi mumkin emas» ekanligi körsatiladi.












