Onlayn taksi xizmati körsatiş bilan şuğullanuvçi Uber kompaniyasi haydovçisiz yuk maşinalari texnologiyalari bilan şuğullanuvçi bölimini yopadi va e'tiborini yengil maşinalarga qaratadi. Bu haqda Uber Advanced Technologies kompaniyasi rahbari Erik Meyxofer öz bayonotida ma'lum qildi.

"Biz yaqinda muhim qaror qabul qildik va Pittsburg yöllariga qaytdik. Jamoamizning bor kuç va mahoratini mana şu yönalişga qaratişni ma'qul deb hisoblaymiz", - dedi Meyxofer. 

Uber 2016 yil yozida haydovçisiz yuk maşinalari işlab çiqariş bilan şuğullangandi. Dastlabki sinovlar Kaliforniya va Arizona ştatlarida hamda Pittsburg poligonida (Pensilvaniya ştati) ötkazilgandi. Arizona ştatida yuz bergan YTHdan söng şu yilning may oyi oxirida kompaniya haydovçisiz yengil avtomobillar sinovini töliq töxtatgandi.

Hodisa şu yilning 18 martida Temp şahrida sodir bölgan. Uber kompaniyasiga qaraşli Volvo avtomobili avtonom rejimda harakatlanayotib yölni kesib ötayotgan ayolni urib yuborgan. Politsiya avtomobilga örnatilgan kuzatuv kamerasidagi yozuv orqali ayol maşina oldida kutilmaganda paydo bölganini aniqlagandi. Ayol jarohatlaniş oqibatida kasalxonada vafot etgan.