Toşkent viloyati Qibray tumaniga 2009 yildan buyon hokimlik qilib kelgan Niğmat Isroiloviç Muhamedov işdan olindi.
27 iyul kuni Şavkat Mirziyoyev raisligida jinoyatçilikning oldini oliş, davlat idoralari va jamiyatning bu boradagi mas'uliyatini oşiriş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişida Qibray tumani hokimi, uning örinbosarlari, tuman prokurori, tuman IIB rahbari, tuman xotin-qizlar qömitasi raisi va «Mahalla» jamğarmasi tuman bölimi rahbarini lavozimdan ozod etişga körsatma bergandi.
«Kun.uz» manbasi xabar berişiça, endilikda tumanga Olmaliq şahriga hokimlik qilib kelayotgan Miragzam Mirqosimov yangi rahbar etib tayinlangan.
U Toşkent viloyati hokimining 2018 yil 30 iyuldagi 604-sonli qaroriga asosan, Özbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida»gi Qonunning 2-moddasiga muvofiq, 2018 yil 31 iyuldan Xalq deputatlari Qibray tumani Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida Qibray tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Miragzam Mirozodoviç Mirqosimov 1975 yilda Toşkent şahrida ziyolilar oilasida tuğilgan. Millati özbek. Ma'lumoti oliy.
U 1997 yil Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutini (kunduzgi), 2008 yil Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini bitirgan.
U 2011-2013 yillarda Şayxontohur tumani hokimining kommunal höjalikni rivojlantiriş, kommunikatsiyalar va obodonlaştiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimlarida işlagan, keyinçalik Yunusobod tumaniga hokimlik qilgan.
Miragzam Mirqosimov 2017 yilning martida Toşkent şahrining Yunusobod tumani hokimligidan olingan, avgust oyida Olmaliq şahriga rahbar qilingandi.











