O‘zbekiston | 15:40 / 29.03.2017
35369
1 daqiqa o‘qiladi

Mirziyoyevning tashrifidan keyin Yunusobodda hokim o‘zgardi

25 mart kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumani hokimi Mira'zam Mirqosimov lavozimidan ozod etilgan. Bungacha hokimning birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Sardor Qosimov ayni vaqtda hokim vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Hozircha bu haqida rasman xabar berilmagan. Shahar hokimiyatidagi manba «Kun.uz»ga bu ma'lumotlarni tasdiqladi, lekin bu borada batafsil izoh bermadi.

Qayd etish kerakki, bu o‘zgarish mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 25 mart kuni Yunusobod tumanidagi Yangi shahar va Bog‘ishamol ko‘chalarini tutashtiruvchi yangi ko‘prik bilan tanishish maqsadida ushbu tumanga uyushtirgan tashrifi bilan bir kunda ro‘y bergan.

Shavkat Mirziyoyev shu kuni Yunusobod tumanidagi Uvaysiy nomidagi mahallada bo‘lib, bu yerda fuqarolar yig‘ini xodimlari, profilaktika inspektori va aholi uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan tanishgandi.

Mavzuga oid