Özbekistonda 1 avgust kuni boşlanadigan oliy ta'lim muassasalariga kiriş imtihonlarini ötkaziş uçun barçasi tayyor. KUN.UZ muxbiri Boş vazir örinbosari - Ta'lim, soğliqni saqlaş, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari Kompleksi rahbari Aziz Abduhakimov bergan ma'lumotlarga asoslanib, şu haqida xabar berdi. 

Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va poytaxtdagi barça oliy ta'lim muassasalariga kiriş imtihonlari ötkaziladigan hududlar test sinovlari uçun töliq şay. 

Test topşiriladigan maydonlarda abituriyentlar uçun barça zarur şart-şaroitlar yaratildi. Joylarda abituriyentlarning harakatlaniş tartibi va ota-onalarning töplaniş joylari sxemalari mavjud. Bundan taşqari, kerakli joylarga maxsus yöl körsatkiçlar qöyilgan.

Boş vazir örinbosarining sözlariga köra, kiriş imtihonlarida töliq şaffoflik ta'minlanmoqda - barça jarayonlar test2018.uz sayti hamda UzdigitalTV, viloyatlarda esa mahalliy televideniye orqali töliq onlayn namoyiş etiladi. 

Endi ota-onalar jaziramada köçada farzandlarini kutib ötirişlariga hojat yöq. Buning örniga OTMlarga kiriş imtihonlari qanday ötayotganini uyda, qulay şaroitlarda kuzatişlari mumkin. 

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi bilan hamkorlikda test sinovlari bölib ötadigan bino va obektlarda 1400 ta videokuzatuv kamerasi örnatilgan, ma'lumotlarni saqlaş uçun 1800 terrabayt hajmli maxsus server işga tuşirilgan.
 
Imtihonga kirişda har bir abituriyent şaxsiy ma'lumotlar bazasining markaziy serveriga ulangan qiyofani aniqlovçi maxsus kamera orqali tekşiruvdan ötkaziladi. 

Imtihonlar ötkaziladigan obektlar yaqinidagi maxsus kutiş hududlarida ota-onalar va abituriyentlarning yaqinlari uçun yirik ekranlar örnatiladi. Ular orqali test jarayonlarini töğridan-töğri kuzatiş imkoni böladi.

Umid qilamizki, yaratilgan barça şaroitlar respublikadagi test sinovlarining adolatli, şaffof hamda xolis ötişi uçun xizmat qiladi.