Keça, 31 iyul kuni Xalqaro çempionlar kubogida navbatdagi uçta bahs bölib ötdi. «MYu» - «Real» hamda «Tottenhem» - «Milan» bahslari haqida avval xabar berib ötgandik.
Keçagi kunning sönggi uçraşuvi Texasda «Barselona» va «Roma» jamoalari örtasida bölib ötdi. Öyin gollarga boy tarzda keçib, 4:2 hisobi bilan rimliklar foydasiga yakun topdi.
6-daqiqadayoq hisob oçildi: Rafinya ajoyib kombinatsiyani golga aylantirdi. Tanaffusga qadar «Roma» safidan Al-Şaaravi töp kiritib, hisobni tenglaştirişga erişdi.
Ikkinçi bölim boşida «Barselona» yana hisobda oldinga çiqib oldi: kataloniyaliklarning yangi xaridi Malkom jamoadagi ilk golini urdi.
Ispanlar ikki marta hisobda oldinda borgan bölsa-da, öyinning sönggi 7 daqiqasida 3ta gol kiritişni uddalagan italyanlar ularni taslim etdi.
Xalqaro Çempionlar kubogi - 2018
Arlington. «Kovboylar» stadioni
"Barselona" - "Roma" - 2:4 (1:1)
Gollar: Rafinya, 6 (1:0). Al-Şaaravi, 35 (1:1). Malkom, 49 (2:1). Florentsi, 78 (2:2). Kristante, 83 (2:3). Perotti, 86 - penaltidan (2:4).
"Barselona": Sillessen, Aleyş Vidal (Tabla, 46), Kukurelya (Miranda, 46), Marlon (Çumi, 46), Semedu (Kuenka, 62), Langle (Palensiya, 63), Artur (Puig, 46), Serxi Roberto (Monçu, 46), Malkom (Peres, 62), Rafinya (Kolyado, 62), Al-Haddodi (Ruis, 46).
"Roma": Olsen (Mirante, 46), Santon (Kristante, 61), Manolas (Juan Jyezus, 61), Markano (Kolarov, 76), Florentsi, Strotman (Şik, 61), Lo.Pellegrini (Lu.Pellegrini, 62), De Rossi (Pastore, 66), Klyuyvert (Perotti, 61), Jyeko (Gonalon, 68), Al-Şaaravi (Fasio, 76).
Ogohlantiriş: Lo.Pellegrini, 27. Aleyş Vidal, 37. Manolas, 37.
Hakam: Rivero (SŞA).












