Xalqaro iste'molçilar tajribalari taşkilotlari assotsiatsiyasi 2018 yilda sotuvga çiqarilgan smartfonlarni keng miqyosda tekşiruvdan ötkazdi. Oldingi tadqiqotga eng maşhur telefon modellarining yana 55tasi qöşildi.
Apple, Huawei, LG, HTC, Asus, Samsung, Sony Xperia işlab çiqaruvçilari tomonidan taqdim etilgan yangi qurilmalar 229ta sifat va xavfsizlik parametrlari böyiça sinovdan ötdi. Telefon imkoniyatlari, ergonomika, kamera va video, matnli xabarlar yoziş, navigatsiya, internet örganib çiqildi.
Top-10da Samsung Galaxy S9 va Samsung Galaxy S9 Plus modellari ilk pozitsiyalarni egalladi. Oldingi reyting yetakçilari - Samsung Galaxy S8 va S8 Plus - mos ravişda uçinçi va törtinçi öringa tuşib ketdi. Reytingda keyingi örinda iPhone 8 Plus, undan söng - Huawei P20 Pro taqdim etilgan.
Yettinçi öringa Samsung Galaxy Note 8, keyingi poğonalarga iPhone 8 va iPhone X munosib körildi, top-10ga Huawei-Mate 10 Pro yakun yasab berdi. Şu tariqa, eng yaxşi smartfonlar öntaligida Samsunğdan eng köp modelga ega (beşta), uçta iPhone modeli va ikkita Huawei bor. Bundan oldin sakkizinçi va töqqizinçi örinlarni egallagan ikkita LG modeli birinçi önlikka kirgani yöq.
Samsung smartfonlarida tovuş sifati, batareya quvvati, xotira hajmi, qönğiroqlar sifati va suv ötkazmaslik eng yaxşi, deb topildi. Surat va videotasvirlar sifati körsatkiçi böyiça reytingning eng yuqori uçta örnini Apple smartfonlari egalladi - iPhone X, iPhone 8 va Apple iPhone 8 Plus. Kamera sifati böyiça umumiy reyting yetakçilari Samsung S9 va S9 Plus faqat 12- va 17-örinda, Galaxy Note 8 va Galaxy S8 Plus esa beşinçi va oltinçi poğonalardan joy oldi.
Huawei P20 Pro va Huawei Mate 10 Pro eng mustahkam qurilma böldi, mexanik ta'sirga nisbatan eng zaif qurilmaga Apple iPhone X aylandi.
Akkumulyator tadqiqotlari natijalariga köra, Huawei Mate 10 Pro (4,5 ball), Samsung Galaxy S8 (4,09) va Galaxy S8 Plus (4,01) yuqori reytingga ega böldi.
Top-10dan barmoqlar tegişiga nisbatan sezgirlik darajasi böyiça iPhone 8 Plus, iPhone 8 va iPhone X past örinda. Ekspertlarning fikriça, Galaxy S8 i S8+, Galaxy Note 8 va iPhone X’ni işlatiş ança muşkulroqdir.












