Qonun hujjatlari ta'sirini baholaş tizimi portalida 2018–2021 yillarda Özbekiston xalq ta'limi tizimini tubdan takomillaştiriş böyiça «Yöl xaritasi» loyihasi muhokama qilinmoqda.

Ta'lim şart-şaroitlarini yaxşilaşga yönaltirilgan çora-tadbirlar kompleksini amalga oşiriş rejalaştirilmoqda. Maktablar filiallaridagi öquvçilar maktab avtobuslari taşkil etiş yoki yangi maktablar quriş hisobiga asosiy maktablarga köçiriladi. Nodavlat maktablar tarmoğining kengaytirilişi ham vazifani hal etişda yordam beradi, deb yozadi Norma.

Maktab hayotining barça sohalariga AKTni joriy etişga yönaltirilgan dasturlar tasdiqlanadi. Uşbu vazifalarni hal etiş maqsadida Ta'lim sohasidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari agentligi taşkil etiladi. Boşqa innovatsiyalar qatori, bank tizimi va boşqa tizimlarga (tibbiyot va huquqni muhofaza qiliş) integratsiyalaş imkonini beradigan öquvçilarni identifikatsiyalaş yagona tizimi va ularning maktabga qatnaş hisobini yuritiş tizimlarini (ID-karta, NFS belgisi va b.) joriy etiş közlangan.  

Maktab direktorlarini saralab oliş va tayinlaş tartibi ham özgartiriladi. Ta'lim menejyerlarini qayta tayyorlaş kurslaridan majburiy ravişda ötib, sertifikat olişni nazarda tutadigan normalarni joriy etiş közlanmoqda.

Xalq ta'limi muassasalari xodimlarining şa'ni va obrösiga doğ tuşiruvçi dalillar aniqlangan, Ta'lim vazirligining Nazorat-huquq xizmati xulosalari asosida örganiş natijalariga köra öquvçilarning özlaştirişi sezilarli darajada pasayib ketgan hollarda xodim bilan tuzilgan mehnat şartnomasini muddatidan oldin bekor qiliş tartibi nazarda tutilmoqda.

Yangi davlat ta'lim standartlari işlab çiqilib, joriy etiladi. Ular ilğor xalqaro tajriba asosida, STEAM (fan, texnologiyalar, injyeneriya, madaniyat va matematika) hamda mamlakatning milliy xususiyatlari hisobga olingan holda işlab çiqiladi.

Rus tilini öqitiş sifatini oşirişga e'tibor qaratiladi. Rus tili va adabiyoti sohasida pedagog kadrlarni tayyorlaş va qayta tayyorlaş uçun respublikamizning har bir mintaqasida A.S.Puşkin nomidagi rus tili instituti filiallarini, şuningdek Rossiya oliy ta'lim muassasalarining Özbekistondagi filiallarini oçiş masalasini işlab çiqiş taklif qilinmoqda.  

Maktab bitiruvçilarini kasb-hunarga tayyorlaş tizimini takomillaştiriş rejalaştirilgan. Kasb-hunar kollejlarining öquv-işlab çiqariş komplekslari, şuningdek kasb-hunarga tayyorlaş sifatini ta'minlovçi Örta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi muassasalari Xalq ta'limi vazirligi tasarrufiga ötkaziladi.