AQŞ Turkiyaga qarşi sanksiyalar kiritgani töğrisidagi xabardan söng dollarning turk lirasiga nisbatan kursi 4,94dan beş liraga yetdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Seşanba kuni AQŞ hukumati amerikalik pastor Endryu Branson sababli Turkiyaning ikki vaziriga nisbatan (adliya vaziri Abdulhamit Gyul va içki işlar vaziri Sulaymon Soylu) sanksiyalar joriy etilganini e'lon qildi. Ular «pastorning hibsga olinişida yetakçi rolni öynaşgan» deyiladi AQŞ moliya vazirligi bayonotida.
AQŞ Turkiyaga nisbatan sanksiyalar kiritişi haqida Bloomberg xabar bergandi. Agentlik sanksiyalar «Magnitskiy akti» tamoyilida joriy etilişi ma'lum qilingandi. Unga köra, sanksiyaga tuşganlarning AQŞga kirişi taqiqlanadi va Amerika banklaridagi aktivlari hibsga olinadi.
Branson terrorçilar bilan aloqador deb topilgan Fathulloh Gyulenni qöllab-quvvatlaşda ayblanib 2016 yil oktabrda Turkiyada hibsga olingandi. AQŞ sanksiyalar kiritiş bilan tahdid qilib uni ozod etişni bir neça bor talab qilgandi.
Turkiya prezidenti Erdöğan esa bunga javoban AQŞ Turkiyadek yaqin ittifoqçisidan ajralib qolişi mumkinligini va Branson masalasida Anqaraning pozitsiyasi qat'iy ekanligini aytdi.

















