AQŞ moliya vazirligi amerikalik pastor Endryu Branson işi tufayli Turkiya adliya va içki işlar vazirlariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi, deb xabar berdi Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders.

Uning sözlariga köra, bu şaxslar pastorning hibsga olinişida yetakçi rolni öynaşgan.

Sanders vazirlarning AQŞ yurisdiksiyasi ostidagi barça hisobraqam va aktivlari muzlatib qöyilganini bildirdi.

Avvalroq OAV AQŞ prezidenti Donald Tramp Isroildan XAMAS bilan aloqadorlikda ayblangan turkiyalik aktrisa Ebru Ozkanni ozod etişni talab qilgani haqida xabar bergandi. Tramp buning evaziga Turkiya amerikalik pastorni ozod qilişini kutgan. Natijada Isroil 15 iyulda Ozkanni deportatsiya qilgan, ammo Branson Turkiyada qolgandi.

Yakşanba kuni Turkiya prezidenti Erdöğan Qöşma Ştatlar Turkiyadek yaqin ittifoqçisini yöqotişi mumkinligini aytdi.

"Biz sanksiyalar tufayli ortga çekinmaymiz. Biz Branson masalasida savdolaşmaganmiz", — degan Turkiya rahbari Haberturk naşrining yozişiça.

Erdöğan Anqara Vaşingtondan Ebru Ozkanni Isroildan qaytarişda yordam söraganini, ammo Turkiya Bransonni AQŞga qaytarişga va'da bermaganini bildirdi.

Amerikalik pastor FETÖ taşkiloti bilan aloqadorlikda hamda mamlakatda taqiqlangan Kurdiston işçilar partiyasini qöllab-quvvatlaşda ayblanib 2016 yil oktabrdan buyon Turkiyada uşlab turilibdi. Branson ayblovlarni rad etmoqda.

Ötgan haftada Izmir sudi pastorni uy qamoğida saqlaş hukmini çiqardi. Sudning 25 iyuldagi qaroriga köra Bransonga Turkiyani tark etiş taqiqlandi. Branson işi böyiça navbatdagi tinglovlar 12 oktabrga belgilangan.