Turk lirasi jahon investorlari nuqtai nazaridan bölajak prezidentlik saylovi arafasida va respublika iqtisodiyotidagi noaniqliklar oqibatida eng xatarli valuta sifatida baholanmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Investorlar aktivning xatarliligini opsionlar qiymatidagi farq orqali baholaydilar. Yanvar oyi oxirida turk lirasini AQŞ dollariga nisbatan sotiş opsionlari bilan turk valutasini sotib oliş opsionlari örtasidagi farq 13 foizga oşib, rivojlanayotgan mamlakatlarning barça valutalari orasida mutlaq rekordga erişgan. Şu tarzda lira deyarli butun 2022 yil davomida dunyodagi eng xatarli valuta bölib turgan Rossiya rublini ortda qoldirgan.
Mutaxassislar liraning xatari ortib borayotganini Turkiyadagi prezidentlik sayloviga aloqador noaniqlik bilan boğlamoqda. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan prezidentlik va parlament saylovi uçun ovoz beriş sanasini ertaroqqa, 18 iyundan 14 mayga köçirişi mumkinligiga işora qilgan edi. Turkiya uzoq yillar davomida Erdöğanning Markaziy bank pul-kredit siyosati qanday bölişi kerakligi haqidagi tasavvurini amalga oşirib kelmoqda.
«Saylov arafasida Markaziy bank stavkani yana pasaytirişi xavfi bor va bularning barçasi bozor kutilmalariga sezilarli ta’sir körsata boşladi. Şunday qilib, opsionlar liraning hozirgi darajadan zaiflaşişi xavfini aniqroq baholay boşladi», dedi TD Securities tahlilçisi Kristian Majio.
Odatda regulyator inflatsiya va iqtisodiy ösişni rağbatlantiriş örtasidagi muvozanatni topiş uçun öz mexanizmlaridan foydalanadi. Ammo Erdöğan boşçiligidagi Markaziy bank heç qanday muvozanatni izlamayapti. Bir neça yillar davomida regulyator mamlakatdagi inflatsiya rekordlarni yangilayotganiga qaramay, stavkalarni rekord darajada past miqdorda uşlab turibdi.
Lira kursini umumiy halokatdan valuta intervensiyalari saqlab turibdi. Biroq, saylov sanasining özgarişi pul-kredit siyosati özgarişini ham anglatişi mumkin. Bu esa investorlar orasida savollar tuğdirmoqda.

















