Bu yil Andijondagi törtta oliy ta'lim muassasasiga 47 ming 760 nafar abituriyent hujjat topşirgan. 1 avgust sanasidan Andijon olimpiya zaxiralari maktab-internati manejida test sinovlari jarayoni boşlandi.

Test sinovlari 12 kun davomida ikki smenada taşkil etilib, bir smenada 2 ming 40 nafardan abituriyent iştirok etişi közda tutilgan.

Ilk kunda Andijon Tibbiyot institutining “Davolaş işi” hamda “Farmatsiya işi” yönalişlariga test sinovlari bölib ötdi.

Andijon olimpiya zaxiralari maktab-internatida test sinovlarini ötkaziş uçun barça taşkiliy işlarga mas'uliyat bilan yondaşilgan. Jarayonning şaffofligini ta'minlaş maqsadida örnatilgan kuzatuv kameralari uzliksiz işlab turdi va ota-onalar taşqarida örnatilgan katta ekranda test sinovlarini körib borişdi.



Bugungi bölib ötgan jarayon bilan tanişiş mobaynida, abituriyentlar tomonidan taqiqlangan adabiyot, “şpargalka” va texnik vositalarni auditoriyaga olib kirişga urinişlarga ham guvoh böldik.

Namanganlik abituriyent qiz smartfonni kiyimi içida olib kirişga uringan bölsa, andijonlik “uddaburon” yigit - judayam jajji, quloqning içiga örnatiladigan aloqa vositasi (uni “çip” deya ataşar ekan) va unga masofa orqali xabar uzatuvçi moslama bilan kuzatuvçilarga “çap berib” binoga kirmoqçi ham böldi. Biroq içki işlar xodimlari mehnati evaziga bilim emas, balki ayyorlik qilib, talaba bölişni öylaganlar niyatiga yetolmadi.

Sinovlarni topşirib çiqqan abituriyent yigit-qizlar heç qanday noxuş holatlar kuzatilmaganini aytişdi.




Elmurod Ermatov, Andijon
KUN.UZ muxbiri










