Vazirlar Mahkamasining “Ğöza parvarişida yuzaga kelgan murakkab vaziyatning salbiy oqibatlarini bartaraf etiş hamda hosilga hosil qöşişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga köra, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi va viloyatlar hokimlari, ayniqsa, Qaşqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida 4ta sektor rahbarlari ğöza parvarişida agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda ötkaziş, şuningdek, rivojlanişda orqada qolgan maydonlarda qöşimça agrotexnik tadbirlarni belgilaş va amalga oşirişda jiddiy xato va kamçiliklarga yöl qöygan.
Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi, Suv xöjaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar Qaşqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda ikki kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga mazkur viloyatlarda ğöza parvarişida yöl qöyilgan jiddiy xato va kamçiliklarni bartaraf etişga hamda avgust oyida muhim agrotexnik tadbirlarni amalga oşirişga qaratilgan Hukumat qarori loyihalarini kiritadi.
Ğöza parvarişida jiddiy xato va kamçiliklarga yöl qöyganligi, mavsum davomida xotirjamlikka berilib, agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatda töğri taşkil etmaganligi, öz xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan qaraganligi sababli Zarbdor (tuman hokimi N.Qöşboqov, tuman prokurori Ğ.Sanaqulov, tuman içki işlar bölimi boşliği O.Şerqulov, tuman davlat soliq inspeksiyasi boşliği M.Saidqulov), Ğuzor (tuman hokimi O.Boymirov, tuman prokurori S.Nurmatov, tuman içki işlar bölimi boşliği K.Iskandarov, tuman davlat soliq inspeksiyasi boşliği Z.Ibragimov), Boğdod (tuman hokimi S.Zokirov, tuman prokurori O.Sobirov, tuman içki işlar bölimi boşliği A.Sotiboldiyev, tuman davlat soliq inspeksiyasi boşliği Ğ.Yusupov), Uyçi (tuman hokimi A.Turdiyev, tuman prokurori B.Abduraximov, tuman içki işlar bölimi boşliği R.Usubjonov, tuman davlat soliq inspeksiyasi boşliği R.Ataxanov) tumanlarining 4ta sektor rahbarlari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.











