AQŞ dollaridagi omonatlar böyiça foiz stavkalari fevral oyidan beri birinçi marta oşdi. Bundan Markaziy bank ma'lumotlari darak beryapti.

1 yilga qadar muddatli barça omonatlar böyiça örtaça foiz stavkasi iyun oyida 3,7%ni taşkil etdi (may oyida 3,6% va aprel oyida 3%). 1 yildan ortiq - 4,2% (avvalgi ikki oy 4% böldi).

Jismoniy şaxslar uçun stavka 3,8%gaça oşdi (may oyida 3,7%, aprelda 3% edi). Bu yerda 90 - 180 kunlik muddatga omonatni oçiş eng foydali böladi - 4,3% (may oyida 3,8%).

Yuridik şaxslar uçun stavka 4,7%ga yetdi (may oyida 3,7%, aprel oyida 3,8%). Bu yerda 180 - 365 kunlik muddatga omonat oçiş eng foydali böladi - stavka 5,1% (may oyida 3,4%).

Şunga mos ravişda, sömda omonatlar böyiça örtaça stavka tuşib ketdi - jismoniy şaxslar uçun 15,3% va yuridik şaxslar uçun 11,4%. Taqqoslaş uçun, may oyida stavkalar mos ravişda 15,5% va 13,1%ni taşkil etdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston valyuta birjasida dollar va yevro haftani pasayiş bilan yakunlayotgani xabar qilingdandi.