Hindiston hukumati mahalliy Tejas qiruvçi samolyotining harbiy-dengiz versiyasini keng kölamli sinovlariga kirişdi. Bu haqda NDTV manbalarga tayangan holda xabar qilmoqda.

Naşr ma'lumotlariga köra, kelgusi beş oy içida Tejas harbiy-dengiz prototipi Hindistonning Vikramaditya aviataşuvçisi palubasiga bir neça marotaba qönişni amalga oşiradi.

Ta'kidlanganidek, samolyotni töliq sinovdan ötkaziş 2019 yilda rejalaştirilgan.

Avvalroq, Hindiston hukumati beşinçi avloddagi qiruvçini Rossiya bilan birgalikda yaratişdan voz keçmoqçi ekani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ta'kidlanişiça, Hindiston özining beşinçi avloddagi qiruvçisi yaratiş uçun barça kerakli texnologiyalar mavjudligini ma'lum qilgan.