Universal kuraş uslubi vakili, irlandiyalik jangçi Konor Makgregor Mutloq jangçilar çempionati (UFC) yengil vazni reytingida birinçi öringa çiqib oldi.

2016 yil noyabr oyidan buyon jang ötkazmagan bölsa-da, 30 yoşli irlandiyalik reytingda amerikalik Toni Fergyusondan özib ketib, yuqori poğonaga kötarildi. Uçinçi örinni yana bir amerikalik Dastin Pore egallab turibdi.

Eslatib ötamiz, yengil vaznda UFC çempioni rossiyalik Xabib Nurmagomedov hisoblanadi. Reytingdagi özgarişdan söng, Makgregor çempionlik uçun asosiy da'vogarga aylandi. Avvalroq, Nurmagomedov - Makgregor jangi 6 oktabr kuni Las-Vegasda ötkazilişi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. 

Makgregor UFC tizimidagi eng maşhur jangçilardan biri hisoblanadi. U 24ta jang ötkazib, 21ta ğalabaga (18tasi muddatidan oldin) erişgan va uç marta mağlub bölgan. U bir vaqtning özida turli vazn toifasida (yengil va yarim yengil vaznda) çempion bölgan UFC tizimidagi yagona jangçidir. Şu yilning yanvar oyida Makgregor faol bölmagani tufayli (2016 yildan beri jang ötkazmagan), yengil vazndagi çempionlik unvonidan mahrum qilingan edi.

Nurmagomedov esa UFC çempioni bölgan ilk rossiyalikdir. Aprel oyi boşida u amerikalik El Yakvinta ustidan zafar quçdi. Xabib öz faoliyati davomida 26ta jang ötkazib, barçasida ğalaba qozongan (16tasida muddatidan oldin).