Özbekiston Respublikasi Suv xöjaligi vazirligi Qaşqadaryo viloyatidagi yuzaga kelgan suv tanqisligini yumşatiş maqsadida vazirlik va uning tizimidagi taşkilotlar xodimlaridan 1000 nafarini ğözani suğoriş işlariga kömaklaşiş uçun jalb qiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Ğöza parvarişida yuzaga kelgan murakkab vaziyatning salbiy oqibatlarini bartaraf etiş hamda hosilga hosil qöşişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorida aytiladi.

Qayd etilişiça, Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda hududiy suv xöjaligi taşkilotlari xodimlarini ğözani suğoriş uçun fermer xöjaliklariga nomma-nom biriktiradi.

Bunda:

mavjud suv resurslarini oqilona taqsimlagan holda ğözani yana ikki marta şarbat usulida suğorişga;

yetkazib berilgan köçma egiluvçan quvurlardan samarali foydalanişga, suv ta'minoti oğir maydonlarni suv bilan ta'minlaşga;

suvçilar uçun barça zarur şart-şaroitlarni yaratişga, navbatlab suğoriş tizimi joriy etilişiga va tungi suğorişga alohida e'tibor qaratiladi.

Özbekiston Respublikasi boş vazirining örinbosari — moliya vaziri 
J.A.Qöçqorov, Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qişloq xöjaligini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş jamğarmasi, «Agrobank» aksiyadorlik tijorat banki «Ğöza parvarişida zarbdor 40 kunlik»da mexanizatorlar, suvçilar va işçilarga har 5 kunda iş haqi naqd pulda berib borilişini taşkil etadilar.

Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda «Ğöza parvarişida zarbdor 40 kunlik»da ğöza parvarişi böyiça amalga oşirilayotgan işlarni örganiş va amaliy yordam beriş böyiça respublika işçi guruhlari tarkibi tasdiqlandi.

Respublika işçi guruhlari (Mirzayev, Samadov, Yusupov, Vaxabov):

Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda «Ğöza parvarişida zarbdor 40 kunlik»da ğöza parvarişi böyiça uşbu qaror bilan belgilangan agrotexnik tadbirlar bajarilişi vertolyotlar yordamida konturma-kontur örganilişini taşkil etadi;

har bir hududni örganiş natijalari böyiça Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yozma axborot kiritib boradi.

Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi «Ğöza parvarişida zarbdor 40 kunlik»da ğözaning holatini örganiş uçun respublika işçi guruhlariga ularning buyurtmalariga muvofiq 4 ta vertolyot ajratilişini ta'minlaydi.