Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov feysbukdagi rasmiy sahifasida yaqin vaqtlar içida kiriş imtihonlarining birinçi kuni natijalari e'lon qilinişini ma'lum qildi.

Respublika oliy ta'lim muassasalariga kiriş test sinovlarining birinçi kuni – 1 avgust natijalari quyidagiça:

Test sinovlari şaxsni identifikatsiyalaş vositalari, videofiksatsiya hamda doimiy videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan 57ta binoda 23ta oliy ta'lim muassasalarining 154ta ta'lim yönalişi böyiça ötkazildi.

Test sinovlarida 58 985 nafar abituriyent iştirok etdi.

Test sinovlariga 1 393 nafar abituriyent kelmadi.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 255 nafar abituriyent test sinovlaridan çetlaştirildi.

Test sinovlariga guruh nazoratçilari sifatida 2 434 nafar öqituvçilar jalb etildi.

Davlat granti böyiça eng yuqori ball: 223,5;
Tölov-kontrakt böyiça eng yuqori ötiş balli: 176,7.

Örtaça ball:
davlat granti – 142,9;
tölov-kontrakt – 123,7.

Oliy ta'lim muassasalari böyiça eng yuqori ball:
davlat granti – 223,5 ball Toşkent davlat yuridik universitetining «Yurisprudentsiya» (rusça ta'lim yönalişi);
tölov-kontrakt – 176,7 ball Toşkent davlat yuridik universitetining «Yurisprudentsiya» (özbekça ta'lim yönalişi).

Test sinovlari natijalari Davlat test markazining dtm.uz (http://www.dtm.uz/page/test_result) saytida soat 22:00dan keyin e'lon qilinadi.