AQŞ prezidenti Donald Tramp çorşanba kuni KXDR rahbari Kim Çen Indan yangi maktub oldi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders ma'lum qildi. Ammo u maktub mazmunini oşkor qilmadi.

"Birinçi avgust kuni prezident Kimdan prezident Trampga maktub keldi. Rahbarlar örtasida davom etayotgan maktub almaşişlar ularning Singapurdagi uçraşuvlarini rivojlantirişga xizmat qiladi va Amerika-Şimoliy Koreya bayonoti doirasida olingan majburiyatlarning bajarilişiga qaratilgan", - dedi Sanders.

Avvalroq Donald Tramp Twitter’da KXDR rahbari Kim Çen Inga Koreya uruşida halok bölgan amerikalik harbiylar hokining topşirilişi munosabati bilan minnatdorlik bildirgan va u bilan yangi uçraşuvni "sabrsizlik" bilan kutayotganligini aytgandi.

Eslatib ötamiz, 12 iyun kuni Singapurda yuqori darajadagi AQŞ-KXDR uçraşuvi bölib ötgan, Donald Tramp va Kim Çen In uçraşuvning yakuniy hujjatini imzolagandi. Hujjatga köra Pxenyan Koreya yarimorolini töliq yadrosizlantirişga tayyorligini e'lon qilgan, AQŞ esa KXDRga xavfsizlik kafolatini beriş majburiyatini olgandi.