Vazirlar Mahkamasining “Ğöza parvarişida yuzaga kelgan murakkab vaziyatning salbiy oqibatlarini bartaraf etiş hamda hosilga hosil qöşişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjatga köra, ğöza parvarişida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatning salbiy oqibatlarini bartaraf etişga qaratilgan agrotexnik tadbirlar öz vaqtida va sifatli amalga oşirilişini tizimli taşkil qiliş asosida kafolatlangan paxta hosilini yaratiş maqsadida joriy yilning 5 sentabriga qadar respublikada «Ğöza parvarişida zarbdor 40 kunlik» e'lon qilindi.

Özbekiston Respublikasi boş vazirining örinbosari 3.T.Mirzayev, Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi (Samadov), Içki işlar vazirligi (Bobojonov), Davlat soliq qömitasi (Musayev), Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklari 4 ta sektor rahbarlari, fermerlar, suvçilar va mexanizatorlarning 2018 yil 5 sentabrga qadar doimiy ravişda dalada bölişini ta'minlagan holda «Ğöza parvarişida zarbdor 40 kunlik»da:

ğözani 5 marotaba (avgust oyida 4 marotaba, sentabr oyida 1 marotaba) kultivatsiya qiliş;

ösimlikning ösişini boşqaruvçi va qöşimça hosil olişni ta'minlovçi biostimulyatorlar bilan kamida 2 marta işlov beriş;

ğöza zararkunandalariga qarşi biomahsulotlarni dalaga çiqariş, örgimçakkana, kösak qurti va beda qandalasi tuşgan maydonlarda kimyoviy işlov ötkaziş;

ğözani kamida ikki marta faqat şarbat usulida suğorişni taşkil qiliş, tungi suğoriş işlarini alohida nazoratga oliş;

joriy yilning 10 avgustiga qadar barça hududlarda ğözani çekanka qiliş işlari sifatli ötkazilişini taşkil etadilar.

Özbekiston Respublikasi boş vazirining örinbosarlari Z.T.Mirzayev va A.S.Sultonov, «Özkimyosanoat», «Özagrokimyohimoya» va «Özbekiston tovar xomaşyo birjasi» aksiyadorlik jamiyatlari Samarqand viloyatiga 6 ming tonna, Buxoro viloyatiga 3 ming tonna, Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlariga 4 ming tonnadan, Qoraqalpoğiston Respublikasiga 5,5 ming tonna, jami 22,5 ming tonna azotli mineral öğitlarni tört kun muddatda yetkazib berilişini ta'minlaydi.

Samarqand, Buxoro, Qaşqadaryo, Surxondaryo viloyatlari hokimlari va Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi yetkazib berilgan mineral öğitlar bilan 128 ming gektar rivojlanişdan orqada qolgan ğöza maydonlarini qöşimça oziqlantiriş işlari 5 kun muddatda yakunlanişini ta'minlaydilar.

Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda «Mexanizatorlar uylari»ga biriktirilgan içki işlar xodimlarining mas'uliyatini oşirgan holda «Ğöza parvarişida zarbdor 40 kunlik»da mexanizatorlarning doimiy ravişda dalada bölişini, işni har kuni «topşiriq-hisobot» tizimi asosida samarali taşkil etilişini ta'minlaydi.