Joriy yilda ğöza vegetatsiyasining boşlanğiç davrida ob-havoning quruq va salqin kelişi ğöza parvarişida öta murakkab vaziyatni yuzaga keltirdi va respublikada ğözaning rivoji 10-12 kunga, ba'zi joylarda 12-14 kunga keçikdi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Ğöza parvarişida yuzaga kelgan murakkab vaziyatning salbiy oqibatlarini bartaraf etiş hamda hosilga hosil qöşişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorida aytiladi.
 
Jumladan, Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida ğözaning rivoji örtaça 8-10 kunga, Surxondaryo, Qaşqadaryo va Buxoro viloyatlarida 10-12 kunga, Andijon, Farğona, Namangan, Toşkent, Jizzax, Sirdaryo, Samarqand va Navoiy viloyatlarida 10-14 kunga orqada qolmoqda.

Qaşqadaryo, Surxondaryo, Samarqand va Buxoro viloyatlarida bahor oylarida tuproqdagi tabiiy namning yetarli bölmaganligi sababli 89 ming gektar paxta maydonida çigit suvi berilib, uşbu maydonlarda gektariga örtaça 50-60 ming tup köçat olingan.

Şu bilan birga, agrotexnik tadbirlarni muddatida amalga oşirilmaganligi oqibatida quyidagi holatlar kuzatilmoqda:

birinçidan, rivojdan orqada qolgan maydonlarga qöşimça agrotexnik tadbirlar — kultivatsiya, çuqur yumşatiş işlari ötkazilmaganligi oqibatida qoloq maydonlar Qoraqalpoğiston Respublikasida 39 ming gektarni, Qaşqadaryo viloyatida 24 ming gektarni, Jizzax viloyatida 23 ming gektarni, Samarqand viloyatida 22 ming gektarni, Toşkent viloyatida 13 ming gektarni, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida 12 ming gektarni taşkil etmoqda;

ikkinçidan, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Jizzax, Qaşqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Samarqand, Sirdaryo, Toşkent, Farğona va Xorazm viloyatlarida ikkinçi suğoriş ötkazilmaganligi sababli ğöza maydonlari çanqatib qöyilgan. Xususan, Angor, Bekobod, Boğdod, Buvayda, Danğara, Zarbdor, Zafarobod, Kattaqörğon, Kegeyli, Koson, Kosonsoy, Mirişkor, Muzrabot, Oqdaryo, Oqqörğon, Payariq, Pastdarğom, Paxtaçi, Pop, Taxtaköpir, Hozarasp, Çimboy, Çinoz, Çust, Qamaşi, Qiziriq, Qöşköpir, Ğuzor, Şarof Raşidov, Şerobod va Şovot tumanlarida çanqagan ğöza maydonlari 30-35 foizni taşkil etadi;

uçinçidan, ğöza zararkunandalariga qarşi kuraş işlari tizimli taşkil etilmaganligi sababli Farğona, Namangan va Toşkent viloyatlarida 23 ming gektar maydonga kösak qurti, Surxondaryo viloyatida 24 ming gektar maydonga beda qandalasi ğöza hosiliga sezilarli darajada zarar yetkazgan.

Bundan taşqari, Angor, Boyovut, Boğdod, Böz, Jarqörğon, Mirzaçöl, Norin, Oltiariq, Oqdaryo, Oqoltin, Rişton, Romiton, Uluğnor, Uçköprik, Uçqörğon, Xatirçi, Qumqörğon, Ğijduvon va Şörçi tumanlarida ğöza maydonlari örgimçakkana bilan zararlanişiga yöl qöyilgan.