Yigirma yilça avval Apple kompaniyasi oğir vaziyatda qolgandi. 1997 yilga kelib kompaniyaning kamomadi 1,86 milliard dollarni taşkil qildi. Biroq 1985 yilda öz kompaniyasini tark etgan Stiv Jobs qaytganidan söng vaziyat özgardi. 2018 yilning 2 avgustida esa Apple bozor kapitalizatsiyasi 1 trillion dollardan oşgan ilk Amerika kompaniyasi sifatida e'tirof etildi.
Savdo-sotiq yakunlariga köra, payşanba kuni kompaniya aksiyalari 201,5 dollardan 207,39 dollarga ösgan. Joriy yilning özida texnologik gigant aksiyalarining birja kotirovkalari 22 foizga oşdi.
Iyul oyi oxiri - avgust oyi boşida kompaniyalar an'anaviy ravişda ötgan çorakning moliyaviy natijalari böyiça hisobot berişadi. Hisobotdan söng Facebook aksiyalarining dramatik pasayişi tufayli barça tahlilçilar boşqa texnologik kompaniyalar - FAANG (Facebook, Apple, Amazon, Netflix, Google)ga ham e'tibor qaratişdi.
Netflix kompaniyasining aksiyalari ham 16 iyulda taxminan 14 foizga pasaydi.
Alphabet Inc. (Google uning şö'ba korxonasi) aksiyalari bir haftada 4 foizga yaqin pasayişni namoyiş qildi.
Amazon internet-riteyleri ham pasayiş tendensiyasidan ortda qolmadi. Kompaniya hisoboti tahlilçilar kutganidan past çiqdi, şu bois uning aksiyalari biroz qadrini yöqotdi.
TelecomDaily tahlilçisi Ilya Şatilin faqat Apple kompaniyasi körsatkiçlarini muvaffaqiyatli deb hisoblaydi.
Apple 2018 yilning ikkinçi çoragida (AQŞdagi hisobot böyiça uçinçi) 53,26 milliard dollar işlab olib, investorlar kutganidan-da yaxşi natija körsatdi. Kompaniya ma'lumotlariga köra, bu aprel-iyun davridagi eng yaxşi körsatkiçdir. Daromad 11,52 milliard dollarni taşkil qildi.
Ekspertlarning ta'kidlaşiça, Apple'ning muvaffaqiyati - uning mahsulotlari narxida. U öz narx toifasi böyiça heç qanday raqibga ega emas va yaqin vaqtda bunday tendensiya saqlanib qoladi.
Amerika korporatsiyasi smartfonlar sotuvlari böyiça Samsung va Huawei'dan keyingi örinda turgan bölsa-da, iPhone X flagmanining narxi unga daromad hajmi böyiça yetakçi pozitsiyalarni saqlab qoliş imkonini berdi.
Ma'lumotlarga köra, Apple'dan taşqari, Amazon va Alphabet (Google) kompaniyalari ham 1 trillion körsatkiçiga yaqinlaşmoqda.












