"Barselona" Belgiyaning "Eypen" klubi bilan himoyaçi Mussa Vag transferi borasida kelişuvga erişdi. 19 yoşli futbolçi tez orada "Barselona" bilan şartnoma imzolaydi. Bu haqda kataloniyaliklar rasmiy sayti ma'lum qildi. 

Ma'lum qilişinişça, Vag tibbiy körikdan ham muvaffaqiyatli ötgan. Yangi mavsumda futbolçi "Barselona"ning ikkinçi jamoasida öynaydi. 

Mussa Vag "Eypen" tarbiyalanuvçi bölib, u asosiy jamoada 2017 yili debyut qilgan. U ötgan mavsum Belgiya çempionatida 17ta öyinda maydonga tuşib, 1ta golli uzatma muallifiga aylangan.