Jamiyat | 07:53 / 04.08.2018
9661
2 daqiqa o‘qiladi

Bojxonachilar Lexus mashinasiga yashirilgan “Fetter” patronlarini aniqlashdi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasiga binoan bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib, deklaratsiyasiz o‘q-dorilarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tkazish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Shunga qaramay ayrim fuqarolar tomonidan o‘q-dorilarning bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tishga urinishlar ko‘zga tashlanmoqda. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “S.Najimov” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan, ushbu postga Lexus Lx570 rusumli avtotransport vositasini boshqarib kirib kelgan R. ismli shaxsga tegishli avtoulov xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, avtoulovining salon qismidagi xo‘jalik sumkasida, og‘zaki so‘rovda taqdim etilmagan, jami 32 dona, 12 kalibr 70 mm. bo‘lgan “Fetter” nomli ov patronlari mamlakatimizga yashirincha olib kirilayotganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur huquqbuzarlik holat bo‘yicha JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Amaldagi tartiblarga muvofiq, respublika bojxona chegaralari orqali qurol-yarog‘, o‘qotar qurol va o‘q dorilarni kontrabanda qilish 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Mavzuga oid