Aytişlariça, kişi xizmatiga qarab emas, qança söray olişiga qarab maoş olar ekan. Bloger Nikolas Koul bu fikrni qöllab-quvvatlaydi. Özining Medium’da qoldirgan qaydida u maoşni oşiriş, mehnatingizga yaxşiroq haq tölanişi borasida rahbariyat yoki mijozlarni işontirişga qanday qilib erişiş mumkinligi haqida gapirib berdi.
Uzoq yillar mobaynida tirişqoqlik bilan işlaş muhim emasligini tuşundim. Harakatlaringiz qança pul işlab topişingiz, eng muhimi atrofdagilarning sizning qadringiz haqidagi fikriga u qadar ta'sir körsatmaydi. Maoşning istiqboli faqat bir narsa – siz keltirayotgan foydaga boğliq.
Ofis muhitini yaxşi taşkillaştiradigan odamning qadri qay darajada? Mijozlarni xizmatlaringizdan foydalanişga majbur qila oladigan mutaxassisning-çi? Tez yordam xodimi haqida nima deya olasiz?
Jamiyat har bir maşğulotni pul bilan baholaydi va istalgan natijaga erişa oladiganlarga haq tölaydi. Tabiiyki, talab va taklifdan kelib çiqqan holda. Hojatxonalarni köpçilik tozalay oladi. Biroq hamma ham tezkor tibbiy jarrohlik amaliyotini ötkaza olmaydi.
Bu maoşingiz istiqboli uçun nimani anglatadi? Siz juda kam pul işlab topayotganingizni qanday anglaş mumkin. Va eng muhimi, “munosib” pul işlab topiş uçun öz qadringizni qanday oşirişingiz mumkin? Quyida bir neça usullar bilan tanişişingiz mumkin.

Kasbingiz qanday foyda keltira olişi haqida bilib oling
Har bir sanoatning muayyan örni, öz majburiyatlari mavjud. Agar köproq maoşga ega bölişni istasangiz, kasbingizning ahamiyati nimadan iborat ekani haqida biling. Bunday mutaxassislarga köproq haq tölaşga tayyor kompaniyalar haqida ma'lumotlar izlang.
Misol keltiraman. Kollejda tahsil olayotganimda adabiy ijodni örganganman. Köpçilik bunday mutaxassislik bilan kam pul işlab topilişini aytişgan. Yozuvçilik faoliyati orqali kam sonli kişilargina yaxşi maoş olişadi. Ana öşanda men öz mutaxassisligim haqida köproq bilişga harakat qildim. Öz-özimga savol berdim: “Yaxşi yozuvçi kimga kerak bölişi mumkin va men qanday foyda keltira olaman?”.
Ma'lum böldiki, kompaniyalarning ba'zi rahbarlari qoğozda ikkita sözni bir-biri bilan boğlay olişmaydi. Yoziş könikmasiga egaligim va hikoyalarni sözlay olişim tufayli men öz firmamni oça oldim. Agar öz mutaxassisligim haqida köproq ma'lumotga ega bölmaganimda bu yuz bermasdi.












