Şvetsiya mudofaa vaziri Peter Xultkvist rossiyalik hamkasbi Sergey Şoyguni notöğri ma'lumot tarqatganlikda ayblab, tanqid qildi. Bu haqda The Local xabar bermoqda.

«Rossiya mudofaa vaziri aytgan narsalar haqiqat emas. NATO ham Finlyandiya, ham Şvetsiya hududiy suvlari va havo hududiga çeklovsiz kiriş imkoniyatiga ega emas», - deya ma'lum qildi Xultkvist. Uning körsatişiça, xorijiy kema yoki samolyotning mamlakat hududiga kirişi uçun maxsus ruxsatnoma talab qilinadi. 

Şvetsiya Mudofaa vazirligi rahbarining qöşimça qilişiça, bu maşqlarga ham tegişli. «Şvetsiya harbiy ittifoqdan ozod va biz öz qarorimizni qabul qilamiz», - deya ma'lum qildi Xultkvist.

RIA Novosti'ning yozişiça, Şoygu 24 iyul kuni Mudofaa vazirligining kollegiyasida Finlyandiya va Şvetsiyani NATO tuzilmalariga jalb qiliş harakatlari borasida taşviş bildirgan. Uning sözlariga köra, may oyida alyans maşqlarida mamlakatlarning töliq iştirok etişi böyiça şartnoma imzolangan.