2018 yil iyun oyida Toşkent şahar Yunusobod tuman ma'muriy sudida oçiq sud majlisi bölib ötdi. Sud fuqaro U. Usmanovga nisbatan ma'muriy işni körib çiqdi.
Fuqarolik işlari böyiça Namangan viloyati, Çust tumanlararo sudining buyruğiga asosan, U.Usmanov hisobidan undiruvçi F.Usmanova foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining ta'minoti uçun 2017 yil aprel oyining 26 kunidan 2018 yil iyul oyining 1 kuniga qadar tölamaganligi yuzasidan majburiy ijro byurosi Yunusobod tuman bölimi tomonidan ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.
Sud U.Usmanovga Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksi 474-moddasining 1-qismida (voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz şaxslarni moddiy ta'minlaşdan böyin tovlaş) nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topdi va unga şu modda bilan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.
U.Usmanovning hisobidan qamoqni har bir kuni uçun Qabul qiliş muassasasi foydasiga eng kam iş haqining 15 foiz miqdorida xarajatlar undirilişi belgilandi.
Qarordan norozi tomon bir oy muddat içida şikoyat berişi yoki protest keltirişga haqli ekanligi tuşuntirildi.
















