Namangan şahri markazidagi Islom Karimov va Ğirvonsoy köçalari kesişmasida Özbekiston Respublikasi davlat bayroği örnatildi.

Foto: Kun.uz

«Kun.uz» muxbiri xabar berişiça, 5x10 metr hajmdagi bayroq 1 avgust kuni Namanganning mahalliy aholisi tilida «tanka» deb nomlanadigan, avval yodgorlik tank örnatilgan tepalikka örnatildi. 35 metr balandlikda hilpirayotgan bayroq yangi qurilayotgan «Afsona» mega istirohat boğidan yaqqol körinib turadi. 

Namanganlik taşabbuskor tadbirkor Ma'rufxon Möminov tomonidan Navröz bayramida taşkil etilgan Megasumalak loyihasi bilan birga taklif etilgan Özbekiston Respublikasi davlat bayroği örnatiş ğoyasi şahar hokimligi tomonidan ma'qullandi va amalga oşirildi.

Foto: Kun.uz

Dastlabki loyihaga köra, bayroq yonida «Namangan Kitob Olami» tomonidan Book Café quriş va atrofni obodonlaştiriş rejalaştirilgan.

Foto: Loyihadagi Book Café binosi / Kun.uz