2 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpoğistonning Beruniy tumanidagi «Şobboz» dehqon bozorida öğrilikda gumonlangan şaxsning arqon bilan qöllaridan bozor kiriş darvozasi ustuniga osib qöyilgan holati videosi tarqatilgandi.
Özbekiston IIV 2 avgust kuni 1 avgust kuni röy bergan uşbu hodisa böyiça rasmiy axborot berib, D.N.ning qölidan osib qöygan U.A.ga nisbatan JÇning 229-moddasi (Özboşimçalik) bilan jinoyat işi qözğatilgani ma'lum qilindi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirligi huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan berilgan qöşimça ma'lumotga köra, tergov jarayonida fuqaro D.N.ni qöllarini arqon bilan boğlab, bozorning kiriş darvozasi ustuniga osib qöygan fuqaro U.A. bilan X.S., X.Ğ. va M.Ş. ham bölgani aniqlanib uşlandi.
Suriştiruv jarayonida U.A., X.S. va M.Ş. öz jinoiy harakatlarini sodir etişga voyaga yetmagan şaxsni ham jalb qilişgani ma'lum böldi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 127-moddasi (Voyaga yetmagan şaxsni ğayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qiliş), 138-moddasi (Zörlik işlatib ğayriqonuniy ravişda ozodlikdan mahrum qiliş), 277-moddasi (Bezorilik) va 229-moddasi (Özboşimçalik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Uşbu moddalar böyiça ayblanayotgan şaxslar uçun jarimadan tortib bir neça yilgaça ozodlikdan mahrum etiş jazolari tayinlanişi mumkin.












