Toşkent viloyatining Oqqörğon tumani, Xonobod mahallasida 3 bolani öldirgan va umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan Zohid Otaboyev öz jinoyatlarini qöşnilaridan öç olgani bilan izohladi. Bu haqda Boş prokuraturaning Facebook’dagi sahifasida ma'lum qilindi.
Mudhiş jinoyat tafsilotlari 4 avgust kuni «Özbekiston 24» telekanalida ham namoyiş etildi.
2010 yili 23 yoşda bölgan Zohid Otaboyev hamqişloqlari bilan mahalliy töqimaçilik fabrikasida işlayotganda qöşnilari Abbos Otamirzayev, Şodiyor Aliboyev va Zufar Azimboyevning u qaçon uylanişi haqidagi hazil aralaş savollarini erkaklik ğururining toptalişi sifatida qabul qilgandi. U şundan söng buning uçun öz jabrdiydalaridan öç oliş rejasini tuzadi va qöşnilarining farzandlarini öldirişga qaror qiladi.
Uning birinçi qurboni Abbos Otamirzayevning 7 yoşli öğli böldi. 2010 yilning 12 iyunida Zohid köçada öynab yurgan Şahbozni aldab, uyiga olib kiradi va muşti bilan boşiga bir neça bor qattiq zarba berib yiqitadi. Söng bolani böğib, hojatxonaga taşlab yuboradi va ustidan tuproq bilan kömib yuboradi.
2014 yil 10 avgustida esa u Şodiyor Aliboyevning 9 yoşli soqov öğli Yorqinbekni velosipedda köçasidan ötayotganida, aldov yöli bilan uyiga olib kiradi. U bu bolani ham urib öldirib, yangi öraga kömib taşlaydi, velosipedni esa daryoga taşlab yuboradi.
Oradan 3 yil ötib, 2017 yilda Zohid Otaboyev uylanadi, biroq u «qasd oliş»da davom etadi. Öşa yili noyabr oyida uning tomorqasiga tasodifan Zufar Alimboyevning 3 yaşar öğli Oybek kirib qoladi. Otaboyev bolani ketmon bilan urib jarohatlaydi va omborga olib ötib, böğib öldiradi. Bolani izlab kelgan Oybekning onasiga heç kimni körmaganini aytadi va uni qaytarib yuborgaç, jasadni çuqurga taşlaydi.
Oradan uç kun ötib jinoyatçi Boş prokuraturaning öta oğir jinoyatlarni tergov qiliş boşqarmasi xodimlari tomonidan qölga olinadi.












