Hudkuş qotil NATO dasturi böyiça şarqiy Afğonistonda harbiy xizmatni ötayotgan 3 nafar çexning ölimiga sababçi böldi. Ayni paytda uşbu harakat oqibatida kelib çiqqan javobgarlikni «Tolibon» guruhi öz zimmasiga olmoqda.
Reuters tarqatgan xabarga köra, halok bölgan çex askarlaridan taşqari, ikki nafar afğon askari hamda amerikalik harbiy tan jarohati bilan şifoxonaga yotqizilgan.
Çexiya Boş vaziri Andrey Babiş «öz uyidan uzoqda terrorizmga qarşi kuraşda halok bölgan qahramonlar» nomini tilga olib, ularning yaqinlariga ta'ziya izhor etdi.
AQŞ harbiylari şarqiy Afğonistondagi amaliyotni 2014 yili yakunlaganidan söng, uşbu hududda qöporuvçilik harakatlari keskin oşib ketdi.












