Yaponiya janubiy Kuril orollarida qiruvçi samolyotlar joylaştirilgani tufayli Rossiya tomoniga protest bildirdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

Ta'kidlanişiça, ötgan haftada Yasniy aeroportida Rossiyaning Su-35S köp nişonli qiruvçi samolyotlari ekipaji tajriba-jangovar navbatçilikka kirişgan.

Yaponiya vazirlar mahkamasi boş kotibi Yosixide Suganing sözlariga köra, Yaponiya tomoni da'vogarlik qilayotgan Iturup orolida qiruvçilarning joylaştirilişiga qarşi protest Rossiya Taşqi işlar vazirligiga 3 avgust kuni yuborilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Yaponiya telefonlar tufayli Rossiyaga protest bildirgandi.