Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri general-mayor Pölat Bobojonov raisligida Vazirlik Hay'atining videoselektor tarzidagi navbatdan taşqari majlisi bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar bermoqda.

Unda Özbekiston Respublikasi Prezidenti devoni mas'ul xodimlari, boş prokuror 3-darajali davlat adliya maslahatçisi Otabek Murodov, şuningdek, Boş prokuratura va Içki işlar vazirligining rahbar xodimlari, hududlardagi prokurorlar va içki işlar organlari boşliqlari iştirok etdilar.  

Joriy yilning olti oyi davomida içki işlar organlari faoliyati samaradorligini oşiriş, xalqimizning tinç va osoyişta hayot keçirişini ta'minlaş, jinoyatçilikning ösişiga yöl qöymaslik çoralari körilişi natijasida ötgan yilning şu davriga nisbatan respublika böyiça jinoyat sodir etiş holatlari 13 ming 599 taga yoki 38,67 foizga, jinoyat qidiruv yönalişidagi jinoyatlar esa 8 ming 568 taga yoki 38,86 foizga kamaygan. 

Yiğilişda ayrim hududlarda oila-turmuş doirasidagi va voyaga yetmaganlar örtasidagi jinoyatlar soni yuqoriligiça qolayotganligi sabablari yuzasidan viloyat içki işlar boşqarmalari boşliqlarining axborotlari tinglandi. 

Oila-turmuş, qarindoşçilik va qöni-qöşniçilik munosabatlarida kelib çiqayotgan kelişmovçiliklar qotillik, tan jarohati yetkaziş kabi öta oğir va oğir jinoyatlarni keltirib çiqariş holatlari barça hududlarda ham kuzatilayotganligini hisobga olib, ularning barvaqt oldini oliş va jinoyatni keltirib çiqarişi mumkin bölgan şart-şaroitlarni öz vaqtida bartaraf etişga qaratilgan çora-tadbirlar mahalla, xotin-qizlar qömitasi, yoşlar taşkilotlari, mas'ul davlat idoralari va huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan yaqin hamkorlikda ötkazilmayotganligi, muqaddam sudlanganlar bilan profilaktik işlar talab darajasida olib borilmayotganligi qayd etildi.

Yöl-transport hodisalari, ayniqsa inson ölimi bilan boğliq holatlarning oldini olişga qaratilgan tadbirlarning samarasizligi, yöl belgilarini xatlovdan ötkaziş, ularni zamonaviy qoplamali yöl belgilari bilan almaştiriş borasidagi işlarni taşkillaştirişda yöl qöyilayotgan kamçiliklar böyiça rahbarlarning hisobotlari eşitildi.

Şuningdek, joylarda mulkiy turdagi jinoyatlar, öğirlik va firibgarliklarning oldini olişda maqsadli va manzilli tadbirlar ötkazişga e'tibor berilmayotganligi ta'kidlandi. Yiğilişda qöriqlaş xizmati yönalişida amalga oşirilayotgan işlar talabga javob bermayotganligi, aholi xonadonlari, taşkilot va korxonalar qöriqlovga olinişi yuzasidan tarğibot işlari sust olib borilayotganligi yuzasidan e'tirozlar bildirildi.

Vazirlik Hay'atida içki işlar organlari tizimida kadrlarni tanlaş va joy-joyiga qöyiş masalasi ham alohida körib çiqildi. Barça böğindagi xodimlarning xizmat faoliyati ustidan kundalik idoraviy nazoratni kuçaytiriş, ular tomonidan sodir etilişi mumkin bölgan salbiy holatlarning kelib çiqişiga çek qöyiş, şaxsiy tarkib orasidagi ma'naviy-ruhiy muhitni soğlomlaştiriş va tartib-intizomni mustahkamlaşga qaratilgan kompleks çora-tadbirlar böyiça qaror qabul qilindi.

Yiğilişda faoliyatni samarali taşkil etiş, şaxsiy tarkib örtasida qonunçilik va xizmat intizomiga rioya etilişini ta'minlaşda yöl qöyilgan kamçiliklar yuzasidan Içki işlar vazirligi va quyi tizim organlari rahbarlarining hisobotlari eşitildi. Joriy yilning ötgan davrida xodimlar tomonidan sodir etilgan salbiy holatlar muhokama etilib, ularning kelgusida sodir etilişini oldini oliş böyiça aniq çora-tadbirlar belgilaş böyiça topşiriqlar berildi.  

Şuningdek, Toşkent şahrida joriy etilgan “Xavfsiz poytaxt” konsepsiyasi jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olişda samarali mexanizm sifatida özini oqlayotganligi qayd etilib, mazkur konsepsiya doirasidagi çora-tadbirlarni respublikaning boşqa hududlarida ham sifatli taşkil etiş böyiça topşiriq berildi.