Özbekiston hukumati tadbirkorlarning mehmon uylari faoliyatini yölga qöyişini rağbatlantirmoqda, Boş vazir Abdulla Aripov Vazirlar Mahkamasining şu haqidagi qarorini imzoladi. Boş vazirning örinbosari Aziz Abduhakimov özining Facebook sahifasida şu haqida ma'lum qildi. 

Oilaviy mehmon uyi – bir vaqtning özida 10 nafargaça bölgan mehmon (sayyoh)ni vaqtinçalik yaşaş va oziq-ovqat bilan ta'minlaş xizmatlarini taqdim etuvçi xususiy uy xöjaligi, bunda uy egalari uşbu uyda sayyohlar bilan birga yaşaşi közda tutiladi. Bir kişi uçun 3 m kv hisobidagi turar-joy – oilaviy mehmon uyini taşkillaştirişning muhim şarti hisoblanadi. Qarorda bu joylaşuv vositalariga qöyiladigan talablar belgilab berilgan. 

Oilaviy mehmon uylari xizmatlari individual tadbirkorlar yoki oilaviy tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan körsatiladi. 

Mehmon uylarini röyxatga oliş va Yagona reyestrning yuritilişi Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi tomonidan amalga oşiriladi. 

Oilaviy mehmon uylarining xizmatlarini  sertifikatsiyalaş uçun soddalaştirilgan tizim yölga qöyilmoqda. Bu mehmon uyini örganiş hujjati asosida ularni Oilaviy mehmon uylari Yagona reyestriga kiritiş va tegişli ma'lumotnomani beriş yöli orqali amalga oşiriladi.

Tijorat banklariga Oilaviy mehmon uylari Yagona reyestriga kiruvçi individual tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik sub'yektlari arizasiga köra ularga imtiyozli şaroitlarda kreditlar ajratiş tavsiya qilinadi. Kredit eng kam oylik iş haqining 300 baravari miqdorida, beş yil muddatga, 2 yillik imtiyozli davrga beriladi.