«Taksi» filmining yulduzi, fransiyalik aktyor Sami Naseri Moskvadagi tungi klubda yuz bergan muştlaşuvdan keyin Sklifosovskiy nomidagi ilmiy-tadqiqot institutiga tibbiy yordam sörab murojaat qildi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Mavjud ma'lumotlarga köra, 4 avgustdan 5 avgustga ötar tunda fransiyalik aktyor Moskvadagi tungi klublardan birida döpposlangan, u klubda ukasi bilan birga bölgan. Muassasaning boşqa mehmoni bilan mojaro natijasida aktyorning yuziga zarba berilgan, şundan söng u tibbiy yordam sörab murojaat qildi.
«Ha, u murojaat qildi, unga yordam körsatildi va şu kuni javob berildi», - deya aytib ötişgan tibbiyot muassasasida.
Sami Naseri «Taksi» filmlar seriyasidagi taksi haydovçisi Daniel obrazi orqali tomoşabinlarga yaxşi taniş.












