Buni mahalliy sotuvçilar tasdiqlamoqda, deb xabar beradi «Xabar 24» telekanali.

Çimkent, Qarağanda va Tarazda işlab çiqarilgan mahsulot iste'molçilar orasida katta talabga ega bölmoqda. Quriliş bozori sotuvçisi Kahramon Nosirovning aytişiça, ular oyiga 300 tonnagaça Qozoğiston quriliş materiallarini sotadilar. Özbekistonda qurilişning rivojlaniş sur'atlarini hisobga olinsa, bu raqam bir neça barobarga ortişi mumkin, deya hisoblaydi tadbirkor.

Özbekiston Taşqi savdo vazirligining ma'lumotlariga köra, 2018 yil yanvar-mart oylarida ikki mamlakat örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi 543 million dollardan oşdi. Joriy yilning birinçi çoragida Özbekiston 265 ming tonna Qozoğiston sementini import qilgan. Bu ötgan yillarga qaraganda uç baravar köp.

«Hozirgi paytda Özbekistonda quriliş işlari jadal rivojlanmoqda. Şu sababli, quriliş mahsulotlariga talab yuqori. Ayniqsa Qozoğistondan sement uçun. Mahsulot sifati yaxşi. Bir oy içida biz 200-300 tonna sement sotamiz, uning 70% Qozoğistonda işlab çiqariladi. Özbek sementining sifati ham yaxşi, ammo zavod işining majburan töxtatiş sababli Qozoğistondan importga bölgan talab sezilarli darajada oşdi. Şuningdek, bojxona boji masalasi ham hal qilindi, tovarlarning narxi esa yanada maqbul böldi», - deydi qozoğistonlik tadbirkor Kahramon Nosirov. 

Eslatib ötamiz, Özbekiston 2018 yilda tabiiy gaz va elektr energiyasi uçun narxlarning oşişi tufayli sement işlab çiqarişni kamaytirmoqda.

Davlat statistika qömitasi ma'lumotlariga köra, Özbekiston 2018 yilning birinçi yarmida portlandsement işlab çiqarişni qisqartirdi. Xususan, olti oy davomida soha korxonalari tomonidan 3953,8 ming tonna sement işlab çiqarildi (2017 yilning şu davrida - 4198,7 ming tonna).