Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolani bog‘chaga olib kelishi va olib ketishi mumkin bo‘lgan shaxslar toifasi kengaytirildi
Foto: UzA
Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
“Huquqiy axborot” kanalining xabar berishicha, o‘zgartirish bilan tarbiyalanuvchini bog‘chaga olib kelishi va olib ketishi lozim bo‘lgan shaxslar toifasi kengaytirildi.
Ilgarigi tartibga ko‘ra tarbiyalanuvchining ota-onasi va uning o‘rnini bosuvchi shaxslargina bolani bog‘chaga olib kelib, undan olib ketish huquqiga ega edi.
Ushbu toifaga endilikda ular bilan bir qatorda ota-onaning voyaga yetgan farzandlari, bolaning bobosi, buvisi yoki ota-ona tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan vakil ham kiritildi.
Mavzuga oid
09:54 / 14.04.2026
Yakka uy-joy va kichik binolar qurilishida xususiy nazorat joriy etiladi
18:34 / 09.04.2026
Soliq nazorati tadbiri videotasvirga olinadi
11:17 / 06.04.2026
Oliy ta’limda yangi qoidalar: talabalar huquqi va tizim tartibi belgilandi
14:35 / 24.03.2026