Eron TIV rahbari Muhammad Javod Zarif dunyo AQŞning turli masalalarga bir tomonlama yondaşuvidan çarçaganini bildirdi. Taşqi siyosat mahkamasi rahbari Twitter’dagi sahifasida ana şu nuqtai nazarini bayon etdi.
"Ğazab va tvitlar AQŞning bir tomonlama harakatlari dunyoning böğziga kelgani haqidagi faktni özgartira olmaydi. AQŞ bilan savdoning töxtaşi va 100 ming iş örnini yöqotgani biz uçun juda yaxşi, ammo dunyo "tvitter" diktatura ortidan ergaşmaydi. Şunçaki YeI, Rossiya, Xitoy va boşqa önlab savdo hamkorlarimizdan sörab köring ", - deb yozdi Zarif.
Qöşma Ştatlar avgustda 2016 yilning yanvarida yadroviy kelişuv imzolangani bois Tehronga nisbatan bekor qilingan sanksiyalarni tiklaşning birinçi bosqiçini boşladi. Seşanba kunidan boşlab Tehron bilan oltin va boşqa qator metallar savdosiga, uning milliy valyutasi bilan operatsiyalarga nisbatan çeklovlar hamda Eron hukumatiga dollar sotiş borasidagi taqiq kuçga kirdi.
Tramp şu yilning may oyida Eron bilan yadroviy kelişuvdan çiqişini va Eronga nisbatan nafaqat avvalgi, balki yangi sanksiyalarni joriy etişini ma'lum qilgandi.

















