Eron vitse-prezidenti lavozimini rasman egallaganiga 10 kun tölgan Muhammad Javod Zarif iste’fo berdi. Özining izohlaşiça, u hukumatni şakllantiriş borasidagi faoliyatidan qoniqmagan. Bu holat siyosiy elita içkarisidagi bölinişga işora qilişi mumkin.
Zarif – Eronning 2013-2021 yillardagi taşqi işlar vaziri. U 2015 yilda Eron yadro dasturi böyiça bitim tuzişda faol iştirok etgan, Amerika rasmiylari bilan doimiy muloqotda bölgan.
Ğarb naşrlari uning vitse-prezidentlikdan ketganiga katta ahamiyat qaratmoqda. New York Times bu iste’fo siyosiy elitani şokka tuşirganini yozgan.
Ma’lumki, Eronning yangi prezidenti Mas’ud Pizişkiyon islohotçilar nomzodi sifatida saylovda qatnaşgandi. Aholi uni nisbatan erkinroq va oçiqroq Eronni qurişiga işonib saylagan bölsa-da, ekspert doiralari Pizişkiyonning oliy diniy rahnamoga sodiq ekani, davlatda asosiy boşqaruv uning qölida bölmasligini inobatga olgan holda, Eron siyosiy atmosferasida sezilarli özgariş qilolmasligini başorat qilgandi.
Ötgan yakşanba kuni prezident Vazirlar Mahkamasi a’zoligi uçun qator konservatorlardan nomzodlarini e’lon qildi. Buning ortidan, şu kuni vitse-prezident öz lavozimini topşirişini ham ma’lum qildi: u vazirlarni tanlaş borasida Pizişkiyon bilan turliça fikrda bölgan. Xususan, hukumat uçun tanlangan 19 vazirdan 6 nafari uning röyxatida ikkinçi yoki uçinçi darajali, 1 nafari esa beşinçi darajali nomzod bölgan.
OAVga köra, bularning hammasi dastlabki kunlardanoq ba’zi siyosiy doiralarning prezidentga nisbatan noroziligini kuçaytirmoqda. Ular Pizişkiyonni siyosiy özgarişlar olib boriş va’dasini hozirdanoq bajarmayotganlikda ayblaşyapti.
Vitse-prezident etib tayinlangan va Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodlar röyxatini şakllantiriş qömitasiga rahbarlik qilgan Muhammad Javod Zarif – Pizişkiyon kampaniyasining taniqli yuzlaridan edi. U saylov oldidan mamlakat böylab yurib, saylovçilarga özgarişlar davri boşlanayotganini aytgan, katta va’dalar bergandi. Endi esa u hukumat tuzilmasdanoq lavozimini tark etib, siyosiy elitada çuqur böliniş yuz berayotganini ommaga namoyiş qilmoqda, deya yozadi The New York Times.
Zarif X'dagi sahifasida odamlar kutgan içki özgarişlarni amalga oşira olmasligi unga ayon bölganini ta’kidlagan.
“Men faoliyatimdan qoniqmadim. Ayollar, yoşlar huquqlari, etnik xilma-xillik vakillari borasida va’da qilganlarimga yetarli darajada erişa olmaganimdan uyalaman”, deya yozgan Muhammad Javod Zarif.















