Ispaniya Qurolli kuçlarining qiruvçisi, Estoniyada NATO missiyasining tarkibiga kiruvçi Eurofighter Typhoon mamlakat uzra parvoz qilayotgan paytida xato tufayli jangovar raketani uçirib yubordi. Bu haqda Estoniya Mudofaa kuçlari boş ştabi xabar bergan.
Estoniya hukumati ma'lumotlariga köra, 7 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 15.44da qiruvçi Rossiya bilan çegara çiziğidan taxminan 100 km uzoqlikda joylaşgan, harbiy maşqlar uçun möljallangan hudud - Otepya şahri yaqinida AIM-120 AMRAAM raketasini uçirgan.
Raketada özini-özi yöq qiliş rejimi faollaştirilgan bölsa-da, harbiylar u işlamay qolgani va AMRAAM havoda portlab ketmaganligini istisno qilmadi. Ehtimol, u Tartu şahridan 40 km şimolda qulagan bölişi mumkin.
Raketa hozirça topilmagan. Estoniya mudofaa kuçlari suriştiruvni boşladi va uni topib olgan kişilardan unga tegmaslik hamda yaqinlaşmaslik söraldi.

















