Olib borilgan tadbirlar natijasida ajraşib yaşayotgan neça nafar er-xotin yaraştirildi?
|23:56 / 08.08.201810 23310 min
Foto: iStockFoto: iStock
Sözlar misoli yerga soçilgan uruğ doni. Agar oğizdan çiqquday bölsa, ularni bittalab terib oliş mumkin emas. El-yurt eşitganidan keyin ularni pardalab bölmaydi. Şirin va ezgu sözlar oqib turgan zilol suvga öxşaydi. Zilol suv qayerga oqib borsa, u yerdan anvoyi çeçaklar unib çiqadi.
T. Malik, “Odamiylik mulki” kitobi
Bugungi aholi bilan ötkazilayotgan oçiq muloqotlar jarayonida nikohdan ajraliş sabablarini tahlil qiliş asnosida öylanmay aytilgan bir oğiz söz, ibora yoki gapning neçoğlik oğir oqibatlarga olib kelganiga guvohi böldik.
Gap şundaki, farzandlarini birga tarbiyalab, risoladagidek yaşab kelayotgan er yoki xotindan birining öylamay gapirgan bir oğiz sözi va ikkinçi tomonning jahl ustida qaytargan javobi oxir-oqibat oilaning buzilişiga va farzandlar ota yo onaning mehr-muhabbati, tarbiyasidan judo bölayotganiga aslo befarq qarab bölmaydi.
Afsuski, hayotda aynan şunday holatlar köplab uçrab turadi. Masalan, xotini bilan 20 yilga yaqin umrguzaronlik qilgan, uç nafar farzandning otasi bor-yöği xotinini telefonda gaplaşganiga raşk qilib, unga nisbatan haqoratli söz aytişi, ayolning ham bunga haqorat bilan javob qaytarişi;
yoki har ikkalasi ellik yoşdan oşgan, 4 farzandning onasi bölgan, qizini uzatgan ayolning eri nogironligi sababli işlamagani bois unga gap qaytarişi, farzandlari oldida obröni yer bilan bitta qilişi er-xotinlar ajralişiga sabab bölgan.
Vaholanki, har ikki holatda er-xotin jahlga berilmasdan bir-birini tuşunib, biri-ikkinçisiga ozgina yon berişi orqali örtada kelib çiqqan tuşunmovçilikning oldi olişi va pirovardida qöydi-çiqdigaça borib yetmasligi mumkin edi.
Bizning izoh: qayd etilgan misoldagi er-xotinlar bilan alohida-alohida suhbatlaşilib, har ikki tarafga xatosi nimadan iborat ekanligi tuşuntirilganida, ular xatosini tan olib yaraşdi.
Oilaviy ajraşişlarning sabablari haqida gapirganda, yana şunga e'tibor qaratiş kerakki, er-xotin örtasidagi özaro munosabat ham bu borada ba'zan hal qiluvçi ahamiyat kasb etadi.
Aniqroq aytganda, er özining kundalik işi bilan maşğul bölib, xotiniga yetarli e'tibor qaratmasligi, turmuş örtoği, farzandlarining onasidan birgina şirin sözini ayagani ham ba'zan oilaning darz ketişiga sabab böladi. Aholi bilan oçiq muloqotlar jarayonida “xotini aytganini qilmagani” tufayli ajraşib yaşayotgan oila boşliği - ikki farzandning otasidan,
Mavzuga oid
turmuş örtoğiga oxirgi marta qaçon yaxşi gap aytgani yoki biron-bir munosabat bilan sovğa bergani
haqida söraganimizda uning xotiniga umuman e'tibor qaratmagani ma'lum böldi.
Xalqimizda “nima eksang şuni örasan” yoki “mehr körsatsang-mehr körasan” kabi maqollar bejiz aytilmagan. Agar oila boşliği - er xotinining zimmasiga faqatgina uy yumuşlari, bolalar tarbiyasini yuklab, bajarilişini talab qilib qolmasdan, jufti-haloli bölgan xotiniga mehr körsatsa, heç bölmaganda, tayyorlagan ovqatini maqtab yesa, yaxşi munosabatda bölsa, “xotinim aytganimni qilmaydi”, degan gaplarga örin qolmaydi. Zero, xotinni maqtaş (boşqalarga emas, öziga) foydali bölib, bu unda özi va boşqalarga nisbatan hurmat hissini oşirişi tabiiy.
Zero muqaddas hadisda ham “Xotinlarning haqlariga rioya etingiz.Ular bilan mehr-şafqat ila muomalada bölingiz. Ularning haqlari xususida Allohdan qörqingiz. Xotinlar sizlarga Parvardigorning omonatidir.”deyiladi.
Şuning uçun oila boşliği — erkaklar oilasining çiroği, farzandlarining onasi turmuş örtoğiga mehr-şafqatli va e'tiborli bölişi, hamişa hurmatini joyiga qöyişi oiladagi soğlom muhitni ta'minlaşning muhim şartidir.
“Yaxşi kelin uydagi gapni köçaga çiqarmaydi”, deb bejizga aytilmaydi. Çunki har bir oilaning öziga tegişli sir-asrorlari böladi. Bu sirlarni oila a'zolardan kimdir oşkor qilişi tabiiyki, oilaviy hamjihatlikka putur yetkazadi. Uşbu nasihatga amal qilmaslik, uydagi gapni, ya'ni kelinlarning özi bilan eri yoki qaynona va qaynotasi örtasidagi arzimas gaplarni öz ota-onasiga yetkazişi natijasida kelin ota-onasining kuyov oilasiga aralaşişi, ikki tomon oila a'zolari munosabatlarining yomonlaşuvi, örtada izzat-hurmat yöqolişi va oxir-oqibat kelin va kuyovning ajralişiga sabab bölayotgan holatlar ham mavjud.
Bunday holatlarning oldini oliş uçun avvalo har bir ota-ona qizini oilaviy hayotga tayyorlaşga jiddiy e'tibor qaratişi, turmuşga çiqqan qizining mayda-çuyda gaplarni aytişiga mutlaqo yöl qöymasligi lozim.
Oilaning jamiyat hayotidagi tengsiz örnini e'tiborga olib, örta, örta-maxsus va oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan yigit-qizlarni oilaviy hayotga tayyorlaş borasida tizimli işlarni yölga qöyiş talab etiladi.
Oçiq muloqotlar jarayonida nizodagi er va xotinlar bilan suhbatda yana bir holat kişi e'tiborini tortdi. Ya'ni er-xotin yaraşib, oilasini tiklaşga rozi ekanligini, lekin afsuski, buning ayni damda iloji yöqligi, er şariat böyiça xotiniga “taloq” aytganini bildirişmoqda. Buning sababini suriştirganimizda er jahl ustida aytib yuborgani va endi afsusda ekanligini aytadi.
Umuman aytganda, bugun oila qurayotgan yoşlarning şar'iy nikoh haqida töliq tasavvurga ega bölişi ham oilaning mustaqilligini ta'minlaydi.
Erkaklar ayollaridan amalda ustunligini “taloq qöyiş” orqali emas, balki oilasi baxtli yaşaşi öziga boğliq va bunga mas'ul ekanligini unutmagan holda, oila a'zolariga hurmat bilan qarab, ularni e'zozlaşi, har qanday masalada jahlga yöl bermasdan farzandlari taqdiri-kelajagini, uzoqni öylab oğir bosiqlik bilan iş tutişi orqali namoyon qilişi maqsadga muvofiq böladi.
Ya'ni oila boşliği — erkaklar oilaviy masalalarda sabrli bölişi, heç qaçon jahl ustida, oşiğiç qarorlar qabul qilmasliklari ham yuqoridagi kabi köplab noxuş holatlarning oldini oladi.
Bobomiz Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” nomli risolalarida qayd etganlaridek, nafsini sabr ila rom qilgan kişi har işda oşiqmay, ohista harakat qilur. Nafsini halokatdan, ğururdan saqlar. Sabr şunday bir kuçli narsadurki, şahvatni iffatga, ğazabni şijoatga, şiddatni hilmga, kattalikni tavozu'ga, yomonlikni yaxşilikka aylantirmoqqa quvvati yetar.
Hayotda, özaro muloqotlarda şunday qiziq bir holat közga taşlanadi. Biron-bir masalada kelişmay qolgan fuqarolar yoki aytişib, arazlaşib qolgan er-xotin bir-biriga aççiq qilib özaro gaplaşmay qöyadilar. Yoki gaplaşsa ham bir-birini ayblaş yoki haqoratlaşdan tiyilmaydilar.
Fikrimizça, bu töğri emas, kelişmay yoxud arazlaşib qolganlar bir-birini tuşunib olişi uçun ham gaplaşişi, bir-birini tinglay bilişi lozim. Agar özaro gaplaşa olmasalar, har ikkala tomon vakillari gaplaşib, ularning orasini isloh qilişi lozim va bu albatta, öz natijasini berişi tabiiy.
Buni Oliy sud va Xotin-qizlar qömitasi hamkorligida alohida reja asosida Respublika böyiça olib borilgan tadbirlar natijasida 500 nafardan ziyod ajraşib yaşayotgan er-xotinlarni yaraştirişga, 100 dan ziyod xotin-qizlar, voyaga yetmagan farzandlar muammosi bilan boğliq boşqa masalalarni hal etişga muvaffaq bölingani misolida ham köriş mumkin.
Şu örinda er-xotinlarni yaraştirişda, ota-onalarga ularning ajralişi farzandlarining kelajagiga, baxt-u iqboliga salbiy ta'sir etişini, ya'ni ota-onaning ajraşib ketişi bilan ularning farzandlarining ham hayoti izdan çiqişini uqtiriş hamda ota-onaning farzand oldidagi burçi, mas'uliyati masalasini tuşuntiriş ham yaxşi samara berişini qayd etiş joiz.
Bunda yuqorida qayd etilgan, “Mehr körsatsang- mehr körasan”, degan xalq maqolining mohiyatini, ya'ni bugun farzand taqdiriga befarq qarab, ajraşib ketgan, farzandini öz mehridan judo qilgan ota-onalar ertaga keksayganda, e'tibor va qadrga, muruvvat va yordamga muhtoj bölgan paytda farzandlaridan bunday mehr-oqibat topmasligi ham hayotiy haqiqat ekanligini tuşuntiriş maqsadga muvofiq.
Bugun jamiyatimizda oilalar mustahkamligini ta'minlaş borasida juda katta va keng qamrovli işlar olib borilmoqda. Xususan, Prezidentimizning 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qöllab quvvatlaş va oila institutini mustahkamlaş sohasidagi faoliyatni tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni hamda 2018 yil 27 iyundagi “Özbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlaş konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisida”gi qarorida nazarda tutilgan asosiy masala ham bugun jamiyatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi örni va nufuzini yuksaltiriş, qonuniy huquq va manfaatlarini samarali himoyalaş hamda onalik va bolalikni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, oilalar mustahkamligini ta'minlaş orqali har bir insonning baxtli hayot keçirişini ta'minlaşga qaratilgandir.
Xulosa örnida qayd etiş lozimki, jamiyatimiz kelajagi oilalar barqarorligiga, xususan har qanday dunyoga kelgan farzandning öz ota-onasi bağrida, ularning mehrini olib, tarbiya topişiga boğliq ekanligi bois, oilalar mustahkamligini ta'minlaş, ajralişlarning oldini oliş masalasi davlat bilan bir qatorda keng jamoatçilikning ham doimiy e'tiborida bölişi lozim.
Xolmömin Yodgorov,
Özbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi örinbosari