AQŞ mudofaa vaziri Jyeyms Mettis Amerika qurolli kuçlari içida kosmik kuçlarga tezkor qömondonlikni taşkil etiş ğoyasini qöllab-quvvatladi.

«Biz koinotga harbiy harakatlar rivojlanayotgan teatr, deb qaraşimiz kerak. Tezkor qömondonlikni taşkil etiş, albatta, variantlardan biri sanaladi», - deya Pentagon rahbarining sözlarini keltiradi ABC News.

Iyun oyida Tramp Pentagonga alohida turdagi qöşinlar - Harbiy-kosmik kuçlarni taşkil etiş haqida topşiriq berdi. Bu koinotdagi Amerika infratuzilmasi xavfsizligi borasida taşvişlar paydo bölayotgani sababli kuzatildi.

Mettisning sözlariga köra, mahkama uşbu taşabbusni töliq qöllab-quvvatlaydi va ğoyani amalga oşiriş ustida işlamoqda. Pentagon rahbarining ta'kidlaşiça, koinot - «yer, havo va dengiz kabi jang maydonidir».

Amerikalik kosmik obektlarning zaifligi haqida avvalroq NASA direktori Jim Braydenstayn ham aytgandi. Uning sözlariga köra, GPS signalining yöqolişi AQŞga «hayot faoliyatining töxtaşi» bilan tahdid qiladi.

Hozirda AQŞ qurolli kuçlari tuzilmasida oltita geografik (Afrika, Yevropa, Tinç okeani, Şimoliy, Janubiy, Markaziy) va törtta funksional (Strategik, Transport, Kiberqömondonlik va Maxsus amaliyotlar) qömondonligi mavjud.