Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Talaba Davlat turizm qo‘mitasi raisining o‘rinbosari v.b. etib tayinlandi
Vestminster universiteti talabasi Saidakbarxon Akbarov Davlat turizm qo‘mitasi raisining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar berdi.
Xabar qilinishicha, 29 iyun kuni Olmazor tumanidagi yig‘ilish chog‘ida prezident Shavkat Mirziyoyev uning nomzodini shu lavozimga taklif qilgan. Akbarov yig‘ilishdagi o‘z chiqishida O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish bo‘yicha amaliy takliflar berdi.
Akbarov Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetining 4-bosqich talabasi sanaladi, biznes boshqaruvi fakultetida o‘qiydi.
«Yosh bo‘lishiga qaramay, u ta'lim va malaka oshirish sohasida tadbirkorlik faoliyati tajribasiga ega. U Yoshlar ittifoqining yosh tadbirkorlari tarkibiga kiradi», - deyiladi xabarda.
2013 yildan 2018 yilgacha ta'lim markazlari tarmog‘ini boshqargan. Shuningdek, u ITB fondidan sarmoyalarni jalb qilish bo‘yicha tanlovda ishtirok etgan onlayn ta'lim dasturini ishlab chiqish bilan shug‘ullangan. Germaniyada o‘tkazilgan BMT xalqaro konferensiyalarida ishtirok etgan.
Davlat turizm qo‘mitasida Akbarov yoshlar turizmini rivojlantirish, innovatsion g‘oyalar va smart turizmni joriy etish, shuningdek, ushbu sohada ta'lim xizmatlarini takomillashtirish bilan shug‘ullanadi.
Mavzuga oid
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026
80 ming aholiga mo‘ljallangan dunyodagi birinchi suzuvchi shahar loyihasi qayta tiklandi
20:26 / 29.05.2026