2018 yil 1 avgustdan qoraytirilgan oynali yengil avtotransport vositalaridan pulli asosda foydalanişga ruxsat berildi. Bu sönggi vaqtlarda fuqarolar orasida eng köp muhokamalarga sabab bölayotgan mavzuga aylanib qoldi.

Kun.uz tahririyati jamoatçilikning bu boradagi fikri bilan qiziqib kördi. Aytiş mumkinki, turli soha vakillari iştirokida ötkazilgan sörovlar deyarli bir xil xulosaga olib kelmoqda.

Malumot örnida, avtomobil oynalarini qoraytiriş Davlat yöl harakati xavfsizligi tuzilmalari tomonidan 1 yilga berilgan ruxsatnoma asosida, tasdiqlangan davlat standartiga muvofiq IIV qoşidagi «Innovatsion loyihalar va aholiga servis xizmat körsatiş markazi» DUK tomonidan amalga oşiriladi. Avtomobil old oynasining tepa qismi tusini eni 14 sm.dan köp bölmagan va yoruğlik ötkazuvçanligi 30 foizdan kam bölmagan polosa şaklida özgartiriş (qoraytiriş) uçun ruxsatnoma talab etilmaydi.

Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Tusi özgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanişni tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorining 4-bandida yengil avtotransport vositalari oynalarini qoraytiriş böyiça davlat standartlari işlab çiqilişi belgilangan bölib, buning uçun IIV va «Özstandart» agentligiga bir oy muddat berilgan. Demak, masalaning huquqiy mexanizmlari töliq işlab çiqilmagunga qadar yengil avtotransport vositalarining oynalarini qoraytiriş noqonuniy hisoblanadi.