17:08 / 08.08.2018
26745

O‘zbekistonda ikki nafar yangi senator ro‘yxatga olindi

Foto: senat.uz

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida ikki nafar yangi senatorni ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

6 avgust kuni M.Abdusalomov raisligida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi «Milliy tiklanish» O‘DP matbuot xizmati.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari sifatida Shuhrat Asqarovich Cho‘lliyev va Ro‘zi To‘ychiyevich Saidovni ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Yig‘ilishda yangi senatorlarga guvohnomalar va ko‘krak nishoni topshirildi.

Top