AQŞ Davlat departamenti «Sistema» AFK asosiy aksiyadori Vladimir Yevtuşenkovga nisbatan sanksiyalar kiritiş imkoniyatini örganmoqda. AQŞ Davlat departamentining kongressmenlar tegişli söroviga oid rasmiy javobi senator Ileana Ros-Leytinen tomonidan e'lon qilindi, deb xabar bermoqda RBK.

Ros-Leytinen senator Mark Uolker bilan birga, Moliya vazirligi va Davlat Departamenti rahbarlari Stiven Mnuçin hamda Mayk Pompeoga iyun oyi oxirida Yevtuşenkovga qarşi sanksiyalar qöllaş imkoniyatini örganiş haqida murojaat qilgan.

«Davlat departamenti rossiyalik oligarx Vladimir Yevtuşenkovga qarşi CAATSA qonuni (Amerika duşmanlariga sanksiyalar yordamida kuraşiş töğrisida) va noqonuniy ravişda qöşib olingan Qrim bilan, şuningdek, Özbekistondagi noqonuniy operatsiyalar tufayli sanksiyalar qöllaş ehtimoli örganib çiqilayotganini tasdiqladi», - deya xabar berdi senator. U öz xabariga AQŞ Davlat departamentidan olgan javobni qöşib qöygan.

«Biz CAATSA mezonlariga mos tuşadigan barça tranzaksiyalar, yuridik va jismoniy şaxslarni aniqlaş uçun jiddiy işlayapmiz. Sizning murojaatingizga köra, biz sizning Vladimir Yevtuşenkov haqida taqdim etgan ma'lumotingizni örganyapmiz», - deyiladi 24 may kungi maktubda.

Şu bilan birga, hujjatda gap Yevtuşenkovning Özbekistondagi aynan qanday operatsiyalari haqida ketayotganiga oydinlik kiritilmagan.

Ma'lumot uçun: Vladimir Yevtuşenkov 1948 yilning 25 sentabrida tuğilgan, rossiyalik tadbirkor. Rossiyadagi eng boy odamlardan biri, tarkibiga «MTS», Segezha Group, «Detskiy mir» kompaniyalar guruhi, «Medsi», «RTI», «Agroxolding „Step“», «Binnofarm», «MTS-Bank», «Gruppa Kronştadt» korxonalari kiruvçi «Sistema» AFKning direktorlar kengaşi raisi va 64,18 foiz aksiyalari egasi.

Forbes jurnaliga köra, Rossiyadagi eng boy tadbirkorlar röyxatida 49-örinni egallaydi, taxminan 2 mlrd dollarga ega.