AQŞda özlarini Rossiya fuqarosi deb atagan yana bir neça kişi qölga olindi, deb xabar berdi RIA Novostiga Rossiyaning Nyu-Yorkdagi boş konsulxonasi matbuot kotibi Aleksey Topolskiy.
Avvalroq diplomatik missiyaga beş nafar rossiyalik hibsga olingani haqida xabar berilgandi. Iyul oyi oxirida AQŞ adliya vazirligi 4,5 million dollar miqdoridagi yirik tovlamaçilik işini suriştiriş doirasida 25 kişi hibsga olinganini ma'lum qilgan, keyinroq ularning orasida beş nafar rossiyalik borligi haqida xabar bergandi.
"FQBdan özlarini rossiyalik deb atagan bir neça kişi qölga olingani haqida rasmiy xabarnoma olindi, hozirda bu ma'lumot tekşirilmoqda", — dedi Topolskiy.

















