XXR davlat kengaşi boş vaziri Li Ketsyan BMT Boş Assambleyasi 73-sessiyasi raisi Mariya Fernanda Espinosa Garses bilan uçraşuvda BMT va JST kabi xalqaro taşkilotlarni isloh qilişga çaqirdi.
"JST, BMT va boşqa xalqaro taşkilotlarni isloh qiliş zarur, ammo isloh qiliş buzib taşlab hammasini boşidan boşlaş degani emas, Ikkinçi jahon uruşidan söng örnatilgan jahon tartibini saqlab qoliş şartlari, BMT nizomi va erkin savdo tamoyillari asosida islohotlar ötkaziş zarur", — dedi Li Ketsyan.
BMT Boş Assambleyasi raisi öz navbatida "BMT qoidalar va örnatilgan tamoyillarga asoslangan jahon tartibini saqlaş uçun Xitoy va dunyoning boşqa barça davlatlari bilan hamkorlikda işlaşga, xalqaro qonunçilik va JST qoidalari doirasida erkin savdoni rivojlantiriş, barça uçun manfaatli iqtisodiy globallaşuvni ilgari suriş, barça tomonlar bilan birgalikda butun dunyoda tinçlik, barqarorlik, rivojlaniş yölida hamkorlik qiliş maqsadida" ekanligini bildirdi.












